Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turida Andrey Fyodorov qo‘l ostidagi Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasini sinovdan o‘tkazadi.
Bellashuv soat 18:30 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, “temiryo‘lchilar” avvalgi turda “Qizilqum”ni mag‘lub etgandi (3:1). Qo‘qonliklar esa “Metallurg”ga imkoniyatni boy bergandi (1:3).
Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” 15 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912” klubi 5 ochko bilan 13-o‘rinni band qilib turibdi.
Superliga
7-tur bahsi
2-may, payshanba
“Lokomotiv”—“Qo‘qon-1912” 18:30
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)