Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatni tark etishi lozim. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Jurnalistlarning “Maduroga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?” degan savoliga javoban Pompeo “Samolyotining parragi aylanib tursin. U mamlakatni tark etadigan payt keldi”, deya javob bergan.
AQSh Davlat kotibiga ko‘ra, Maduro 30-aprel kuni Kubaga qochishni rejalashtirgan, biroq keyinchalik niyatidan qaytgan.
Izoh (0)