O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan “Metallurg”—“Qo‘qon-1912” (3:1) uchrashuvga hakamlik qilgan Ahrol Risqullayev Superliga o‘yinlaridan chetlatildi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.
O‘yinning 56-daqiqasida hakam tomonidan “Qo‘qon-1912” darvozasiga penalti belgilangandi. O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti mutaxassislari bu vaziyatni o‘rganib chiqqach, bosh hakam Ahrol Risqullayev penalti belgilangan vaziyatda o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan deb topdi va O‘zbekiston yuqori divizioni o‘yinlarini boshqarishdan chetlatdi.
Bundan tashqari Pro liga “B” guruhida 4-tur uchrashuvlari doirasidagi “Turon”—“Chig‘atoy” o‘yinini boshqargan hakam Akmal Rahimov ham uchrashuv natijasiga ta’sir etuvchi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygani sababli uchrashuvlarni boshqarishdan chetlatildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)