“Manchester Siti” hamda “Barselona” sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture agentlik faoliyatini boshladi. Bu haqda Tribuna xabar berdi.
Shu sababli 35 yoshli kot-d’ivuarlik o‘tgan haftada Kiyevning “Dinamo” klubi bazasiga tashrif buyurdi va u yerda bolalarga master-klass o‘tkazdi.
Turening mijozi 19 yoshli nigeriyalik Jozef markaziy himoya hamda yarim himoya chizig‘ida o‘ynay oladi.
Eslatib o‘tamiz, Yaya Ture oxirgi marta Gretsiyaning “Olimpiakos” klubida to‘p surgan. 2018-yilning dekabr oyida esa jamoani tark etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)