“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi Tojikistonning “Nauselmash” YoAJ jamiyati boshqaruvi raisi bilan uchrashdi, bu haqda Sputnik xabar qiladi.
“O‘zagrotexsanoatxolding” matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchrashuvda korxonalar o‘rtasida hamkorlik, do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilingan.
Xabarda qayd etilishicha, uchrashuv yakunida tomonlar dastlabki kelishuvga erishgan. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan 100 dona chopiq traktori, 100 dona traktor tirkamasi va 10 dona paxta terish mashinalarini Tojikiston Respublikasiga yetkazib berishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning FSM Traktor kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar qilingan edi.
Izoh (0)