7-may kuni “Humo Arena” muz kompleksida “Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan konsert dasturi tashkillashtiriladi. Bu haqda “Humo Arena” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Qayd etilishicha, konsert dasturida rossiyalik taniqli xonanda Oleg Gazmanov, Italiyaning mashhur “Rikki va Poveri” guruhi, o‘zbekistonlik san’atkorlar, xususan “Yalla” guruhi, Ozodbek Nazarbekov, Sevara Nazarxon, Shahzodalar qo‘shiq kuylaydi.

Shuningdek, konsert mehmonlari Olimpiada chempionlari va figurali uchish bo‘yicha jahon chempionlarining chiqishlaridan ham bahramand bo‘lishi mumkin.