Butunjahon boks tashkiloti (WBO) aprel oyi uchun bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Yangi reytingda o‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov (16 ta g‘alaba, 9 ta nokaut) o‘z o‘rnini yaxshilab oldi.
Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo WBO’ning yangi reytingida ikki pog‘ona yuqorilab, 9-o‘rindan joy oldi. Abduqahhorov fevral oyida mazkur reytingda 11-o‘ringa ko‘tarilgandi va mart oyida o‘z o‘rnini saqlab qolgandi. Mazkur reytingda o‘zbekistonlik boshqa sportchilar qayd etilmagan.
Ma’lumot uchun, Qudratillo WBC reytingida 4, IBF reytingida esa 1-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz so‘nggi jangida Qudratillo yaponiyalik Keita Obarani (20 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang va 18 ta nokaut) ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, IBF chempionlik kamariga birinchi raqamli da’vogarga aylangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)