Vladimir Putin Donesk va Lugansk xalq respublikalari aholisiga Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi farmonni imzoladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Hujjat Kreml saytida joylashtirilgan va rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, mazkur hududlarda doimiy yashovchi shaxslar Rossiya fuqaroligini olish uchun osonlashtirilgan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.

Fuqarolikni olish bo‘yicha murojaat taqdim etilgan kundan boshlab 3 oydan oshmagan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.