“Rosatom” tomonidan qurilayotgan dunyoda birinchi suzuvchi “Akademik Lomonosov” atom elektrostansiyasi ish boshlashga tayyor va 2019-yilning iyul oyida litsenziya olishi mumkin, deb xabar berdi “TASS”.
Qayd etilishicha, foydalanishga butunlay tayyor ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida “Akademik Lomonosov” elektrostansiyasining bosh suzuvchi energoblokida (SEB) yadroviy energetik qurilmaning kompleks sinovlari o‘tkazilgan.
Amalga oshirilgan barcha ishlar natijalari asosida SEBni foydalanish uchun qabul qilib olish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan hujjat rasmiylashtiriladi. Litsenziyani 2019-yilning iyul oyida olish mo‘ljallangan.
Shu bilan birga, yil oxirigacha Chukotkadagi Pevek shahrida suzuvchi atom issiqlik elektrostansiyasi uchun qirg‘oqbo‘yi va gidrotexnik inshootlarini, shuningdek, elektr energiyasini “Chukotenergo” elektr tarmog‘iga uzatish va issiqlikni shahar issiqlik tarmog‘iga yetkazib berishni ta’minlaydigan infratuzilmalarni qurib bitkazish rejalashtirilgan.
Izoh (0)