Toshkent shahrida kuzatilayotgan kuchli yomg‘ir natijasida erta tongdan ko‘chalarni suv bosdi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari suv bosgan ko‘chalar aks etgan foto va videolarni o‘z sahifalariga joylay boshladi.

“Hammasidan yomoni, yomg‘ir vaziyatni og‘irlashtirib yog‘ishda davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

“O‘zgidromet”ning ma’lum qilishicha, yomg‘irli ob-havo bugun o‘z nihoyasiga yetadi va oy oxiriga qadar boshqa yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”