23 aprel — “Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni” munosabati bilan “Forish” poligonida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda Jizzax viloyati harbiy ma’muriy sektori bilan hamokrlikda “Shaxs kamolotida kitobxonlik madaniyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Tadbirda viloyat harbiy-ma’muriy sektor rahbariyati, okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi vakillari qatnashgan.
“Tadbir davomida harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada shakllantirish, kitob insonning o‘z ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajagini yorqin ko‘rsatib borishga qodir mash’ala ekanligini tushintirish bo‘yicha chiqishlar qilindi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv davomida harbiy-ma’muriy sektor hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan “Forish” tog‘ dala poligoni kutubxonasi fondi uchun mingga yaqin jahon va o‘zbek klassik adabiyoti namunalari sovg‘a qilindi.
Izoh (0)