Hongkong shahrida o‘tkazilayotgan pauerlifting bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi vakili bir yo‘la uchta medalga ega chiqdi, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.
Erkaklar o‘rtasida kechgan bahslarda — 74 kg vazn toifasida ishtirok etgan Kamron Shirinov o‘tirib turishda 237,5 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib oltin medalin qo‘lga kiritdi. Yotgan holda toshni ko‘krakdan itarishda 185 kg bilan bronza medalini hamda toshni yerdan uzish bahsida 237,5 kgni o‘ziga bo‘ysundirgan Kamron uchkurash natijasiga ko‘ra 660 kg natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, ushbu musobaqada Kamron Shirinovdan tashqari O‘zbekiston sharafini Yevgeniy Kapralov, Sergey Fotiyev va Konstantin Xardin himoya qilyapti.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)