“Marvarid” bolalar guruhi Turkiyada “Milliy suverinitet va bolalar bayrami” doirasida o‘tkazilayotgan xalqaro festivalda ishtirok etmoqda.

Foto: Anadolu AA

Ushbu bayram tantanalari doirasida “TRT” Turkiya davlat teleradio kompaniyasi tomonidan so‘nggi 41 yildan buyon har yili 23 – 25-aprel kunlari Xalqaro bolalar bayrami festivali tashkil etib kelmoqda. Bu yil mazkur tadbir Samsun va Anqara shaharlarida dunyoning 40 dan ziyod mamlakatidan taklif etilgan bolalar va o‘smirlar badiiy guruhlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro festivalda 40 dan ortiq mamlakatlar vakillari ishtirok etmoqda. Tadbirning asosiy qismi 23-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Foto: Anadolu AA