Toshkentning Sergeli tumanida barcha “Titanik” deb nomlangan uyning oldida yo‘lovchi tashuvchi transport vositasining yog‘ingarchilik oqibatida ariqqa tushib ketgani aks etgan surat Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Sergeliyskiy rayon — jiznenno”(Sergeli tumani — hayotiy) deb nomlangan yopiq guruhiga joylangan.
Ushbu suratga “Nafaqat Titanik, balki uning oldidagi mashina va odamlar ham cho‘kadi” deya izoh qoldirilgan.
Poytaxt yo‘llarining yomon holati sababli kuchli yog‘ingarchilik yuz berganda aksariyat joylarida mana shunday noxush holatlar yuzaga keladi.
Mazkur postga javoban guruh foydalanuvchilari yo‘llarning holatidan shikoyat qilib izoh qoldirgan.
Izoh (0)