21-aprel, yakshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kunida navbatdagi janglar o‘tkazilmoqda.
-60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shukurjon Rahimov o‘zining ikkinchi jangini yamanlik Ahmad Nasim Husaynga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozondi. Qayd etish joiz, Shukurjon raqibini uchinchi raundda ikki marta nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi.
Avvalroq Hasanboy Do‘stmatov, Bobousmon Boturov, Dilshod Ro‘zmatov ham o‘z janglarini o‘tkazib g‘alaba qozongandi. Ayollar o‘rtasida esa Farangiz Hoshimova mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan erta xayrlashdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)