20-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha A Seriyaning 33-turida “Yuventus” “Fiorentina” ustidan g‘alaba qozondi va Italiya chempioniga aylandi (2:1).
Bu turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduning Italiyadagi dastlabki chempionligi bo‘ldi.
Avvalroq 34 yoshli portugaliyalik “Manchester Yunayted” safida Angliya, “Real Madrid” bilan Ispaniya chempioni bo‘lgandi.
Squawka’ning xabar berishicha, u 3 ta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)