Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

20-aprel, shanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida yana bitta jang bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Erkaklar o‘rtasida -56 kg vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Miraziz Mirzahalilov dastlabki jangida qirg‘izistonlik Almanbet Alibekov ustidan yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq erkaklar o‘rtasida -49 kg vazn toifasi vakili Nodirjon Mirzaahmedov yaponiyalik raqibini, -60 kg vazn toifasida esa O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shukurjon Rahimov ilk jangida shimoliy koreyalik Man Cho Cholni ochkolar hisobiga mag‘lub etdi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasida -54 kg vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Tursunoy Rahimova xitoylik Kian Shiga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. -69 kg vazn toifasida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Shahnoza Yunusova tojikistonlik bokschi Nilufar Boboyorovani ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi