Soborda xizmat qilgan va ishlagan odamlarning keyingi taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Yong‘indan zarar ko‘rgan Notr-Dam-de-Pari kafedral sobori besh yildan olti yilgacha yopiq bo‘ladi. Bu haqda sobor bosh ruhoniysi Patrik Shove ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, sobor binosi yong‘in oqibatida ancha talofat ko‘rgan.
Shuningdek, u soborda xizmat qilgan va ishlagan 67 kishining keyingi taqdiri hozircha aniq emasligi haqida ham aytib o‘tdi.
Izoh (0)