Bojxonachilar tomonidan “Istanbul–Samarqand” yo‘nalishi orqali noqonuniy tarzda olib o‘tilayotgan zargarlik buyumlari ushlab qolindi, bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Samarqand xalqaro aeroportiga Turkiya davlatidan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi D.D. “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganida unga tegishli bagaj xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Sumka ichida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 2400 dona qizaloqlar ziragi va 5 dona quloq teshadigan maxsus vositalar borligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga Samarqand viloyat ma’muriy sudi tomonidan qonuniy choralar ko‘rildi.
Shuningdek, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan jami bahosi 23 million so‘mga yaqin zargarlik buyumlari va quloq teshadigan maxsus vositalar tegishli tartibda davlat foydasiga musodara qilindi.
Izoh (0)