Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Denov tumanidagi Surxon mahallasida yashovchi M. Saidov aldovlarga uchib, diniy ekstremistik oqimga qo‘shilib qolganlardan biri. 4 farzandning otasi tegishli jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, o‘tgan yili jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

O‘zAning ma’lum qilishicha, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Sotvoldiyev M.Saidovning xonadonida bo‘lib, oila a’zolari bilan suhbatlashdi. Yashash sharoiti bilan tanishdi.

Ayni paytda M.Saidov tumandagi fermer xo‘jaliklaridan birida mehnat qilmoqda. Oila a’zolari bilan tomorqasida turli ziroatlar yetishtirmoqda.

— Soxta dindorlar aldoviga uchib, xato qilganimizni kech bo‘lsa ham anglab yetdik, — deydi M.Saidov. — Faqat ularning nopok niyatlari qurboniga aylanganimiz qoldi. Bu qilmishimizdan chin dildan pushaymonmiz. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, xatomizni halol mehnatimiz bilan oqlaymiz. Farzandlarimiz tarbiyasiga alohida e’tibor qaratayapmiz. Mana, ertagi kartoshkamizning o‘zidan hozirgacha 6 million so‘m daromad ko‘rdik.

Polkovnik Sh.Satvoldiyev mazkur mahallada yashaydigan diniy ekstremistik oqimning sobiq a’zosi A.Murodov xonadonida ham bo‘lib, uning yashash sharoiti bilan tanishdi. Ertagi kartoshka hosilini yig‘ib olayotgan A.Murodov ham hayotining yaxshi tomonga o‘zgarganini e’tirof etdi.

Shuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i oqimga qo‘shilib qolib, jazo muddatini o‘tab kelgan Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yashovchi qator shaxslar xonadonlarida bo‘ldi. Oilaviy ahvoli va turmush sharoitini o‘rganib, ularga tegishli maslahatlar, tavsiyalar berdi. Ehtiyojmand oilalarga turli oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida blogerning qo‘li chopib ketilgani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi
Dunyo
Rossiyadagi senzura haqida gapirgan sudya iste’foga chiqarildi. U Rossiya SSSRning “vorisi” emasligini ta’kidlagan edi
Mahalliy
Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri O‘zbekistonga keldi (foto)