Vashington shtatidagi Amerikaning Redmond shahrida bola tasodifan oltinchi qavatda joylashgan uyning derazasidan tushib ketdi va tirik qoldi, deya xabar beradi KIRO-TV axborot portali.
Hodisa 10-aprel kuni sodir bo‘lgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bir yosh-u sakkiz oylik bola yotoqxonada yolg‘iz bo‘lgan, uning onasi, aka va opasi boshqa xonada bo‘lgan. “Oyna ochiq bo‘lgan. Ehtimol, ona xonani shamollatayotgan bo‘lgan”, — deydi politsiyachi.
Bola uyi yonida to‘xtab turgan mashina ustiga yiqilib tushgan. Avtomobil egasi Ed Lu shu kuni ishga mototsiklda ketishga qaror qilgan va Mazda avtomobilini hovlida qoldirgan. “Bugun ishga mototsiklda ketganim barchamiz uchun omadli bo‘ldi”, — deya ta’kidladi Lu.
Shifokorlar hodisa yuz bergan joyga kelib, jabrlanganga zarur yordam ko‘rsatgan. Bola barqaror og‘ir holatda.
Izoh (0)