14-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Premyer liganing 34-turida “Liverpul” klubi “Chelsi” bilan bahsga kirishdi (2:0).

Foto: Twitter/@LFC

Mazkur o‘yinning 51-daqiqasida “Liverpul” hujumchisi Sadio Mane raqib darvozasiga gol urdi.

Bu senegallikning joriy mavsum barcha musobaqalardagi 21-goli bo‘ldi. Opta’ning xabar berishicha, bu uning Angliya premyer ligasida to‘p surgan davridagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Mane joriy mavsum Angliya chempionati doirasida 32 ta bellashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!