2009-yildan buyon 30 dan ortiq chaqaloqlar belanchaklardan ag‘darilib o‘lganidan so‘ng, Fisher-Price besh million dona chaqaloq belanchaklarini qaytarib olgan, deya xabar beradi “ForumDaily”.
AQShning iste’molchilar mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha komissiyasi (CPSC), Fisher-Price Rock ’n Play chaqaloq uchun mazkur belanchaklarning har qanday modelini sotib olganlardan, darhol ishlab chiqaruvchiga tovon to‘lovini olish uchun murojaat qilishini ma’lum qilgan.
Hozirda bozordan umumiy miqdori 4,7 million bo‘lgan 40 dan 149 dollargacha bo‘lgan chaqaloqlar belanchaklari qaytarilgan.
Avvalroq CPSC odamlarni ko‘proq ag‘darilishga moyil bo‘lgani uchun uch oylik bolalar belanchaklarini ishlatishdan qochishdan ogohlantirgan.
Izoh (0)