• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Muammar Kaddafining boyliklari qayerda? NATO nega haligacha tirik? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan hafta mobaynida dunyo matbuotida muhokamalarga sabab bo‘lgan eng qiziqarli maqolalarning qisqacha mazmunini keltirib o‘tadi.

    Muammar Kaddafining boyligi Janubiy Afrika Respublikasidami?

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    2011-yilda Liviyadagi isyonchi guruhlar tomonidan o‘ldirilgan polkovnik Kaddafining yo‘qolgan ancha katta mablag‘dagi puli tarixda yangicha burilish yasadi, deb yozadi The Times nashri. Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, dollarlarning izi Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Jeykob Zumaning shaxsiy qarorgohiga borib taqalmoqda. Kaddafi o‘limidan so‘ng Liviya hukumati polkovnikning boyligini mamlakatga qaytarishga harakat qildi, ammo bu harakat besamar ketdi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Muammar Kaddafi o‘z boyliklarini o‘limidan avval Zumaga bergani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Ammo 76 yoshli Zuma Kaddafining pullari haqida hech narsa bilmasligini aytgan.

    Liviyaning yangi hukumati JARning 66 yoshli prezidenti Siril Ramaposga Liviya xalqiga tegishli boyliklarni qaytarishda ko‘mak so‘ragan, lekin Ramapos bu boradagi muzokaralar haqida matbuotga lom-mim demagan.

    Ammo ma’lumotlarga qaraganda, Kaddafining bankiri sifatida tanilgan Liviya milliy farovonlik jamg‘armasining sobiq rahbari Bashir Solihni guvohlar bir necha marta JAR poytaxti Yoxannesburgda ko‘rgan. Hattoki sobiq bankirga nisbatan Yoxannesburgning markaziy ko‘chalarida suiqasd uyushtirilishi natijasida u yarador bo‘lgani ma’lum.

    BMT xavfsizlik kengashi maxsus komissiyasining 2017-yildagi ma’ruzasiga ko‘ra, Kaddafining boyliklari Afrika mamlakatlariga bekitilgan. Yashirilgan mablag‘dan qurol-yarog‘ savdosi, zirhli mashina va vertolyotlar sotib olishda foydalanilayotgani ham ma’lum.

    2013-yilda JAR hukumati BMT talabiga binoan taxminan 540 million funt sterling miqdoridagi mablag‘ni Liviya hukumatiga qaytarish haqida bayonot ham bergan edi.

    Kaddafi Zuma bilan do‘stona munosabatlarda edi. Zuma NATO tarafidan Liviya havo hujumiga tutilishini keskin qoralab chiqqan edi.

    NATO nega haligacha tirik?

    Foto: “Ria Novosti”

    Foto: “Ria Novosti”

    Sobiq ittifoq parchalanishi bilan Varshava shartnomasi ham yo‘qlikka mahkum bo‘ldi. Ammo nega NATO hamon yashab kelmoqda? Asosiy sabab — AQSh. Kelishuvlar, diplomatiya va o‘zga mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik AQSh uchun hech narsani anglatmaydi, deb yozadi Sabah nashri.

     

     

    NATOning 70 yillik yubileyi nishonlanishi arafasida 1952-yilda Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo bo‘lgan Turkiyaning mazkur tashkilotga a’zoligi davom etishi noma’lum bo‘lib qolmoqda. Sababi — AQSh nazdida demokratik yo‘ldan chalg‘igan Turkiya AQSh munosabatlarida Fathulla Gulen masalasi keskinligicha turibdi, Rossiya va Erdo‘g‘on hukumatining tashqi siyosatdagi ayrim masalalar bo‘yicha munosabatlari ancha sovuqlashgan.

    Turk nashrining yozishicha, AQSh xalqaro diplomatiya qoidalariga amal qilgani yo‘q va o‘zini ko‘cha bezorisidek tutmoqda. AQSh o‘zi istagan vaziyatda mustaqil davlatlarning ichki ishlariga harbiy aralashishi, Isroil kabi ittifoqchi davlatlarning noqonuniy xatti-harakatlariga ko‘z yumishi, Venusuelada bo‘lgani kabi hukumatni to‘ntarishga urinayotgan kuchlarga ko‘mak berishi, mamlakat mudofaa tizimiga mansub tashkilotlarni terroristik tashkilot deya qora ro‘yxatlarga qo‘shib qo‘yishi mumkin.

    Agarda yana 1952-yilga qaytib qolgudek bo‘lsak, biz barcha boshimizdan o‘tkazganlarimizdan so‘ng yana NATOga a’zo bo‘lishga harakat qilgan bo‘larmidik, degan savol bilan maqolani yakunlaydi muallif. 

    Rubl — eng muvaffaqiyatli valyuta

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bloomberg agentligining yozishicha, Rossiya tarafi foyda olish ilinjida ishtahasi ancha ochilgan sarmoyadorlardan foydalanib, rekord hajmdagi obligatsiyalarini chiqardi. Bunga asosiy sabab esa AQSh Kongressi Rossiyaga sanksiyalar mavzusidan charchaganidir, deb yozadi Bloomberg.

    Londonda joylashgan rivojlanayotgan davlatlar bozor iqtisodiyotini tahlil qilish bilan shug‘ullanadigan Manulife Asset Management agentligining yozishicha, ichki va tashqi bozordagi vaziyat barqarorlashmoqda. Shuningdek, AQSh va Yevropaning pul-kredit siyosati ham o‘zgardi, Kongress bo‘lsa sanksiyalarni muhokama qilishdan charchadi.

    Sarmoyadorlar Rossiyaning yuqori daromadli aktivlariga qiziqishi sabab rus rubli favorit sifatida e’tirof etilmoqda. Rossiya eksportining asosi bo‘lgan neft esa jahon bozorida barreliga 70 dollardan sotilmoqda.

    Rossiya moliya vazirligi 10 va 5 yilga mo‘ljallanga umumiy qiymati 137 milliard rubl (2,1 milliard dollar) bo‘lgan obligatsiyalarni joylashtirdi. Bozordagi umumiy talab esa 200 milliard rublni tashkil etmoqda. 1 foizlik bonus bilan to‘lab berilishi 2029-yilda amalga oshiriladigan obligatsiyalar savdosining kechagi kundagi  umumiy sotuv qiymati 86,8 milliard rublni tashkil etdi.

    Bir yil avval AQSh sanksiyalari sabab Rossiya banklari chuqur inqirozni boshidan kechirdi, sarmoyadorlar larzaga keldi. Iqtisodiy sarosima butun yoz davom etdi. Lekin bugunga kelib rubl eng muvaffaqiyatli valyuta sifati boy bergan pozitsiyalarini egallab olmoqda.

    Arablar olamida yo‘qotishlardan charchagan Rossiya

    Foto: AP

    Foto: AP

    Noonpost nashrida e’lon qilingan maqolaga ko‘ra, Rossiya arab davlatlarida yuz kelayotgan inqirozlardan unumli foydalangan holda o‘z ta’sirini yoyishga urinmoqda.

     

    Liviya Xalifa Xaftar qiyofasida o‘zi uchun kerakli yetakchini topdi, deydi nashr muallifi Aid Amir. Saudiya Arabistoni, BAA, Misr  va Fransiya Xaftarni pul hamda qurol-yarog‘ bilan dastaklayotgan bo‘lsa, Rossiya masalaning diplomatik tarafiga urg‘u bermoqda. Ana shu maqsadda  BMT Xavfsizlik Kengashi Xaftar tarafida qo‘liga qurol olganlarni o‘q otishni to‘xtatishga chaqirayotgan bir paytda rasmiy Kreml Xavfsizlik Kengashining yo‘lini to‘sdi. Bu xatti-harakat esa, o‘z navbatida, Rossiyaning o‘z ittifoqchisini dastaklashdagi ilk yordami bo‘ldi. Rossiya Liviyadagi tinchlikni saqlashga intilayotgandek bo‘lsa-da, aslida mamlakatdagi turli guruhlar bilan muzokaralar o‘tkazib  kelmoqda.

    Rossiyaga bundan qanday naf degan savol tug’ilishi tabiiy. Harbiy jihatdan Rossiya eng avvalo Kaddafi hokimiyatdan ketganidan so‘ng boy bergan O‘rta Yer dengizidagi  Liviya-Rossiya harbiy dengiz bazalaridan foydalanishni istaydi. Bu esa Rossiyaning G‘arbdagilarni cho‘chitib turishini istayotganidan.

    Iqtisodiy jihatdan olib qaraganda, Liviyani Rossiya ta’sir doirasiga kiritish harbiy-iqtisodiy rejalarni amalga oshirishda qo‘l keladi.  Muammar Kaddafi davrida Liviya rus qurol-aslahalarini sotib oladigan eng yirik hamkorlardan biri edi. Kaddafi ketishi ortidan Liviyaning moliyaviy mablag‘lari oqimi yo‘nalishini o‘zgartirdi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, o‘z davrida Liviya Sobiq Ittifoq va Rossiyadan sotib olgan qurol-yarog‘ summasi miqdori 20-25 milliard dollarni tashkil etgan.

    Geosiyosiy jihatdan nazar tashlaganda, Liviyaning Rossiya ta’sir doirasiga qaytishi rasmiy Kremlning mintaqadagi ta’sirini kengaytirib, G‘arbnikini susaytiradi. Siyosiy tahlilchilar fikriga ko‘ra, Rossiya aynan shunday maqsadni asosiy deb belgilab olgan. Chunki Rossiya Ittifoq parchalanib ketganidan so‘ng Mag‘ribdagi pozitsiyalarini boy bergan.

    13.04.2019, 08:57   Izoh (0)   148905
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kim Chen In KXDR davlat kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi

    12.04.2019, 23:13

    Estoniya maxsus xizmat xodimi Rossiyaga josuslik qilishda gumonlanib qo‘lga olindi

    12.04.2019, 20:00

    Tojikiston birinchi marta EXHT xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik forumiga rahbarlik qiladi

    12.04.2019, 16:05

    SpaceX ilk marta raketaning uchta pog‘onasini baravar qo‘ndirishga erishdi (video)

    12.04.2019, 15:18

    Tramp Yaponiyaga safari chog‘ida sumo turniriga tashrif buyuradi

    12.04.2019, 14:40

    Shimoliy Koreya yillik budjetning qariyb yarmini iqtisodiy rivojlanish uchun sarflaydi

    12.04.2019, 13:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.