Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoyda yashayotgan va erkinligi turmush o‘rtog‘i tomonidan cheklanayotganini e’lon qilgan O‘zbekiston fuqarosi Shodiyona Davlatova to‘g‘risida OAVda paydo bo‘lgan materiallar yuzasidan axborot berdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Unda qayd etilishicha, ushbu vaziyat O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi tomonidan nazoratga olingan.

“Ushbu hamyurtimiz o‘tgan yili aprel oyida Andijon shahrida Xitoy fuqarosi bilan qonuniy nikohdan o‘tgan hamda doimiy yashash uchun XXRga uchib ketgan. Tez orada ichki oilaviy nizolar tufayli elchixona ko‘magida Vatanga qaytgan. Lekin keyinroq o‘z xohishiga ko‘ra yana turmush o‘rtog‘ining yoniga jo‘nab ketgan. 31-mart kuni Sh.Davlatova elchixonaga qayta murojaat qilgan va yashash sharoitlari va turmush o‘rtog‘i tomonidan zulm qilinayotgani to‘g‘risida shikoyat qilgan hamda O‘zbekistonga qaytish istagini ma’lum qilgan”, — deyiladi TIV axborotida.

Oilaviy kelishmovchiliklar va turmush o‘rtog‘i tomonidan berilgan va’dalarning bajarilmasligi tufayli shunday iltimos bilan O‘zbekiston fuqarosi M.T. ham elchixonaga murojaat qilgan. M.T. vositachi firma orqali xorijlik bilan tanishgan va o‘tgan yilning dekabr oyida nikohni rasmiylashtirib Xitoyga ketgan.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan elchixona Xitoyning tegishli hukumat organlari bilan birgalikda ularning Toshkentga qaytishiga yordam berish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Xitoyda xuddi shunday holatga tushgan o‘nlab fuqarolar mavjud. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasi tomonidan ularning shaxsini aniqlash va konsullik yordami ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ishlar tashkillashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?