• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Ilk bor qora tuynukning sharpasi suratga olindi. Fanning navbatdagi yutug‘iga o‘zbek olimlari ham hissa qo‘shdi

    10-aprel kuni jahonning turli joylarida bir vaqtning o‘zida bo‘lib o‘tgan oltita matbuot konferensiyasida ilm-fanning olamshumul yutug‘i e’lon qilindi: Event Horizon Telescope ilmiy kollaboratsiyasi tarixda ilk bor o‘ta massiv qora tuynuk sharpasining suratini olishga muyassar bo‘ldi. Xo‘sh, u o‘zi nima, uning ahamiyati nimada, o‘zbekistonliklarga buning nima qizig‘i bor? Bu haqda “Daryo” kolumnisti, fizik olim Po‘lat Tajimuratov hikoya qiladi.

    Foto: EHT

    Foto: EHT

    Zamonaviy fizikaning ikki katta “farzandi” bor; shulardan biri — koinot katta miqyosda qanday ishlashini tushuntirib beradigan umumiy nisbiylik nazariyasi. 1915-yilda Albert Eynshteyn tomonidan e’lon qilingan bu g‘oyaga ko‘ra gravitatsiya, ya’ni butun olam tortishish kuchi aslida massa ta’sirida fazo va vaqtning egrilanishidir. Massaga ega bo‘lgan har qanday jism o‘zi atrofida fazo va vaqtni egrilaydi, massa qancha katta bo‘lsa, egrilik ham shuncha kuchli bo‘ladi.

    Eynshteyn maydon tenglamalarining birinchi aniq yechimini nemis fizigi Karl Shvarsshild topgan. U shar shaklida taqsimlangan moddaning atrofida fazo-vaqt egriligini o‘rganayotib g‘aroyib bir natija olgan: berilgan massali modda ma’lum bir o‘lchamgacha siqilsa, uning tortishish kuchini yengib bo‘lmay qoladi, moddaning hammasi markazdagi bir nuqtada to‘planadi, uning atrofida esa faraziy matematik sirt — hodisalar gorizonti hosil bo‘ladi. Bu sirtdan “ichkariga” o‘tgan hech nima qaytib chiqa olmaydi, hatto yorug‘lik ham. Aynan shu sababli bunday jismlar keyinchalik “qora tuynuk”/“qora o‘ra” deb nom olgan.

    Shu paytgacha qora tuynuklar (yoki ularga juda o‘xshash jismlar) mavjudligiga ko‘plab bilvosita dalillar topilgan, lekin ular bevosita kuzatilmagan edi. Shu yerda diqqatliroq o‘quvchilar “qora tuynukdan yorug‘lik ham chiqmasa, uni qanday kuzatish mumkin o‘zi” deb juda o‘rinli savol berishi mumkin. Gap shundaki, odatda qora tuynuklar atrofida u yon-atrofdan “sug‘urib” olgan moddaning qoldiqlari — chang va gaz to‘dalari bo‘ladi. Modda qora tuynukka qulab tushayotganida unga yaqinlashgan sayin uning atrofida tobora tezroq aylanib, katta haroratlargacha qiziydi va o‘zidan nurlanish chiqara boshlaydi. Bundan tashqari, koinotdagi milliardlab manbalardan chiqayotgan nurlanish ham qora tuynukning yonidan o‘tadi. Hodisalar ufqi yaqinida gravitatsiya juda kuchli bo‘lgani sabab nurlarning yo‘li egrilanadi, ya’ni qora tuynuk o‘ziga xos linza vazifasini o‘tab, nurlanishni fokuslaydi. Natijada biz u tomon qaraganda yorug‘ halqa ichidagi qora dog‘ — o‘ziga xos sharpani ko‘ramiz. Sharpaning shakli qora tuynukning parametrlariga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin, va uning geometrik parametrlari asosida qora o‘raning fizik parametrlarini aniqlab bo‘ladi. Demak, qora tuynuklarni topishning bir yo‘li — umumiy nisbiylik nazariyasi doirasida hisob-kitoblar orqali sharpaning shakli qanday bo‘lishi mumkinligini aniqlash va osmonda shunga o‘xshash obyektlarni qidirish.

    Biroq yulduz massasidagi qora tuynuklar odatda juda kichik (masalan, bizning Quyoshimiznikidek massaga ega bo‘lgan qora tuynuk radiusi atigi 3 kilometrga teng bo‘ladi), shu sababli kuzatish uchun galaktikalar markazlarida joylashgan o‘ta massiv qora tuynuklar afzalroq. Va hatto shu holda ham bir teleskopda qora tuynuk sharpasini ko‘rishning iloji yo‘q — buning uchun teleskop o‘lchami Yer kurrasiga barobar bo‘lishi kerak, chunki ko‘rinma o‘lchamlari eng katta bo‘lgan ikkita qora o‘raning sharpasi Oyning ko‘rinma kattaligidan million barobar kichik bo‘ladi.

    Event Horizon Telescope loyihasi bu masalani standart usulda hal qildi — Yer bilan barobar bitta katta teleskopni ishlatish o‘rniga Yerning turli joylarida joylashgan sakkizta radioteleskopdan foydalanish rejalashtirildi. 2017-yil aprel oyining boshida teleskoplarning har biri joylashgan hududda ob-havo kuzatish uchun qulay bo‘ldi va to‘rt kun davomida bu teleskoplar M87 galaktikasi markazini kuzatdi. Bunda olingan axborot hajmi shunchalik katta ediki, ularni tarmoq orqali jo‘natishning iloji yo‘q edi (buning ustiga, ba’zi teleskoplar joylashgan hududlarda tarmoq yo‘q, masalan Antarktidada), shu sababli olingan ma’lumotlar qattiq disklarga yozilib, katta konteynerlarda kema va uchoqlar orqali AQSh va Yevropada joylashgan ikki markazga eltildi. Bu markazlarda ma’lumotlar to‘g‘riligi va butunligi qattiq tekshirilgach, ular tasvirni tiklash uchun olimlarga berildi. Tasvir ustida bir necha guruh bir-biridan mustaqil ravishda ishladi (inson omili ta’sirini kamaytirish uchun). Shu bilan bir vaqtda nazariyotchilar tabiatda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan minglab holatlar uchun qora tuynuk sharpasi qanday bo‘lishi mumkinligini superkompyuterlarda modellashtirib, nazariy tasvirlarni hosil qildi. Kuzatuv ma’lumotlaridan olingan surat nazariy tasvirlar bilan solishtirilib, ular bir-biriga yaqin ekanligi tasdiqlangandan so‘nggina tasvir ommaga taqdim etildi.

    Foto: EHT

    Foto: EHT

    Suratda M87 galaktikasi markazidagi o‘ta massiv qora o‘ra sharpasi tasvirlangan. Bu galaktika bizdan shu qadar uzoqki, hatto yorug‘lik undan bizgacha 50 million yil davomida yetib keladi. Biroq u juda katta, biz bilgan galaktikalar orasida eng kattasi. Uning markazidagi qora o‘ra hodisalar ufqining o‘lchami yuz milliard kilometrga teng, uning massasi esa Quyoshnikidan 6,5 milliard barobar katta. Yorug‘ halqaning bir qismi qalinroq va yorqinroq ekanligi qora o‘ra aylanayotganidan dalolat beradi, biroq aylanish tezligini aniq hisoblash uchun tasvir sifati hozircha yetarli emas.

    Bu kichkinagina surat — umumiy nisbiylik nazariyasining yana bir tasdig‘i va odamzotning olam to‘g‘risidagi tasavvurlari to‘g‘ri ekanining eng kuchli dalolatlaridan biri. Biroq kashfiyotning ilm-fandan tashqarida ham katta ahamiyati bor. Tadqiqot, innovatsiya va fan bo‘yicha Yevropa komissari Karlush Moedashdan iqtibos: “Bugun fan siyosatga dars beryapti. Yuz yil avval yashagan bir odam kallasidagi g‘oya bashorat qilgan tasvirni olish uchun olamning turli mamlakatlaridagi minglab odamlar birga, uyg‘un ishlashi kerak, va fan siyosatga buning iloji borligini ko‘rsatyapti”.

    Eng quvonarlisi — bu kashfiyotda O‘zbekistonning ham o‘z hissasi bor. O‘zRFA Astronomiya institutining professor Bobomurat Ahmedov boshchiligidagi nazariy astrofizika bo‘limi hodimlari EHT loyihasining nazariy qismida ishtirok etib, qora tuynuklar sharpalariga tegishli hisob-kitoblarni bajargan, bo‘lim xodimlaridan biri Ahmadjon Abdujabborov esa sharpalarni tavsiflash uchun yangi matematik formalizm yaratgan.

    11.04.2019, 09:36   Izoh (0)   123815
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Astraxanda Rossiya va O‘zbekiston rektorlarining mintaqaviy konferensiyasi boshlandi

    08.04.2019, 14:10

    Samsung Toshkentdagi Turin politexnika universitetida raqamli transformatsiyadan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi 

    07.04.2019, 14:18

    Termiz universitetining Denov filiali Tojikiston pedagogika universiteti bilan qo‘shma fakultet ochadi

    03.04.2019, 13:57

    Kubada pterozavr qoldiqlari topildi

    02.04.2019, 10:47

    Madagaskarda mitti qurbaqa turlari topildi

    30.03.2019, 16:51

    O‘zbekistonda xorijga o‘qish va malakaga oshirishga yuboriladigan nomzodlar uchun ingliz tili kurslari tashkil etiladi

    29.03.2019, 20:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZTE telekommunikatsiya sohasi uchun eng yangi yechimlar va mahsulotlarni taqdim etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    O‘zbekistonda avtomobillarni sotish va sotib olish uchun yangi – Abozor ilovasi ishga tushirildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CAEx Build&Co. xalqaro qurilish va dizayn ko‘rgazmasi — biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uzbekistan Airways bilan Toshkent va Namangandan Irkutskka parvoz qiling


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Quddus nima sababdan musulmon, nasroniy va yahudiylar uchun muqaddas?

    13.10.2024, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Makron Ukrainaga qancha harbiy yuborilishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 11 may, 19:21

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.