9-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi “Enfild” stadionida Portugaliyaning “Portu” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq “mersisaydliklar” yarim himoyachisi Nabi Keyta Iker Kasilyas darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 26-daqiqaga kelib birinchi golga assistentlik qilgan Roberto Firmino hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Shu tariqa “qizillar” “Portu” darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritib, g‘alaba qozondi (2:0).
YChL
1/4 final bahslari
9-aprel, seshanba
“Liverpul”—“Portu” 2:0
Gollar: 1:0 — 5 Keyta, 2:0 — 26 Firmino“Liverpul”: Alisson, van Deyk, Lovren, Aleksander-Arnold, Henderson, Milner, Keyta, Fabinyo, Mane (Origi, 73), Saloh, Firmino (Starrij, 82)
“Portu”: Kasilyas, Felipe, Telles, Maksi Pereyra (Fernando dos Santos, 77), Eder Militao, Oliver Torres (Koshta, 73), Danilu Pereyra, Marega, Otavio, Korona, Soares (Braimi, 62)
Ogohlantirishlar: Soares (17), Felipe (61)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)