Aprel oyining ilk kunlarida Buyuk Britaniyaning Kembrij shahrida 8 ming namozxonga mo‘ljallangan “eko-masjid” ochildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.
Ushbu “eko-masjid” loyihasi Kembrij universiteti islom fanlari o‘qituvchisi va taniqli olim Tim Uinter tomonidan ishlab chiqildi.
“Masjid infratuzilmalari diniy qarashlaridan qat’i nazar barcha mahalliy aholi vakillari uchun mo‘ljallab ishlab chiqilgan. Uning bog‘lari, kafeteriy, o‘quv zonasi — bizning barcha qo‘shnilarimiz uchun qulaylik tug‘diradi”, — tushuntiradi Uinter.
Masjid interyeri har biridan “nur taralib turadigan” va ular bir-biri bilan kesishib, geometrik naqsh hosil qiladigan 30 ta yog‘och ustunlar o‘rnatilishi bilan ajralib turadi. Masjid interyerining ko‘p sonli yog‘och detallari Shveysariyada tayyorlangan va keyinchalik yig‘ish uchun Britaniyaga olib kelingan.
Izoh (0)