Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Manchester Yunayted” “Vest Hem” himoyachisi Deklan Raysni hali ham sotib olish niyatida, deb xabar berdi Independent.

Foto: “Football.ua”

Foto: “Football.ua”

Ma’lumotlarga ko‘ra, mankunianlar Angliya terma jamoasida debyut o‘yinini o‘tkazgan 20 yoshli futbolchi uchun 34 million yevro atrofida mablag‘ taklif qildi.

Ammo London klubi Raysni 50 milliondan ortiq yevroga baholamoqda.

Futbolchining “Vest Hem” bilan tuzgan shartnomasi 2024-yilgacha amal qiladi va u haftasiga 30 ming funt maosh oladi.

Ma’lumot uchun, londonliklar himoyachisi Angliya chempionati doirasida 29 ta uchrashuvda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?