AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Vashington marshall Xalif Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasini Liviya poytaxtiga hujumni to‘xtatishga chaqirayotganini ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati Liviyadagi vaziyatdan xavotirda.
U shuningdek Vashington Xaftar armiyasining hujumiga qarshi ekanini bildirgan.
Pompeo Qo‘shma Shtatlar Liviya milliy armiyasining kuchlarini o‘z pozitsiyalariga qaytishga chaqirayotganini ta’kidlagan.
Izoh (0)