6-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 28-turi doirasida 6 ta o‘yin yakunlandi.
Turning markaziy o‘yini Myunxen shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Niko Kovach qo‘l ostidagi “Bavariya” klubi Lyusyen Favr boshliq Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi musobaqa chempionligi uchun kurash olib bordi.
Uchrashuvning 17 hamda 89-daqiqalarda myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski dublga erishgan bo‘lsa, Mats Hummels (10), Xavyer Martines (41), Serj Gnabri (43) ham o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi (5:0). Shu tariqa Myunxen klubi Dortmundning “Borussiya” jamoasini yirik hisobda taslim etdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joiz, mazkur turdan so‘ng “Bavariya” 64 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Dortmundliklar hisobida esa 63 ochko mavjud va klub 2-pog‘onaga tushib qoldi.
Bundesliga
28-tur bahslari
6-aprel, shanba
“Shalke-04”—“Ayntraxt F” 1:2
Gollar: 0:1 — 13 Rebich, 1:1 — 21 Serdar, 1:2 — 90, penalti, Yovich“Bayer Leverkuzen”—“Leypsig” 2:4
Gollar: 1:0 — 11, penalti, Xeverts, 1:1 — 17 Sabitser, 2:1 — 23 Xeverts, 2:2 — 64 Verner, 2:3 — 71, penalti, Forsberg, 2:4 — 83 Kunya“Shtutgart”—“Nyurnberg” 1:1
Gollar: 0:1 — 42 Pereyra, 1:1 — 75 Kabak“Volfsburg”—“Hannover” 3:1
Gollar: 0:1 — 30 Veydandt, 1:1 — 32 Shteffen, 2:1 — 71 Shteffen, 3:1 — 78 Russillon“Herta”—“Fortuna D” 1:2
Gollar: 0:1 — 35 Raman, 1:1 — 41 Gruich, 1:2 — 61 Raman“Bavariya”—“Borussiya D” 5:0
Gollar: 1:0 — 10 Hummels, 2:0 — 17 Levandovski, 3:0 — 41 Martines, 4:0 — 43 Gnabri, 5:0 — 89 LevandovskiYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)