Respublikada nogiron xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ularning hayot kechirish sifatini yaxshilash maqsadida 2019-yilning I choragida 980 nafar imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatildi, deya xabar qilmoqda O‘zbekiston respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lumotiga tayanib O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Jumladan, ular nogironlik aravachalari, tibbiy protez-ortopedik va eshitish moslamalari, qo‘ltiqtayoq, hassalar, yurish moslamalari hamda dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi.
Shuningdek, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning salomatlik holatlarini yaxshilash maqsadida statsionarlarda davolanishga, sihatgohlarga va shahar hududidagi klinikalarda bepul davolanish kurslarini olish uchun orderlar topshirildi. Ushbu tadbirlar uchun Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 1 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi.
Izoh (0)