Lenovo o‘zining yangi hamyonbop smartfoni — K6 Enjoy’ni taqdim etdi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Lenovo K6 Enjoy qora va ko‘k rangda sotuvga chiqarildi. Narxi 200 dollar atrofida.

Foto: Spot

Qurilmada tomchisimon “o‘yiqli” 6,22-dyuymli IPS-displey o‘rnatilgan va u sakkiz yadroli MediaTek Helio P22 protsessori va Android 9 Pie’da ishlaydi. Operativ xotira hajmi 4 GB, ichki xotira esa 128 GB. Shuningdek, microSD xotira kartasi uchun maxsus joy ham mavjud.

Lenovo K6 avtonomligi uchun tezkor zaryadlash va USB-C portiga ega bo‘lgan 3300 mAh quvvatli batareya javob beradi.

Smartfondagi asosiy kamera uchtalik — 12 Mp+ 8 Mp+ 5Mp. Old kamera keng burchakli 8 Mp.

Foto: Spot

Qurilmada shuningdek, barmoq izlari skaneri va quloqchinlar uchun joy mavjud.