• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Yadroviy tibbiyot: Atom qay tarzda saratonni davolashda yordam beradi?

    O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi orqali yadro texnologiyalari arzon va tejamkor elektr energiyasini olish imkonini berishi haqida allaqachon xabar topganmiz. Shuning bilan birga, yadroviy texnologiyalar energetika sohasiga taalluqli bo‘lmagan sohalarda, misol uchun, tibbiyotda foydalaniladi va saratonga qarshi kurashda ham qo‘llaniladi. Quyida yadroviy tibbiyot haqidagi soha mutaxassislari tomonidan “Daryo”ga taqdim etilgan maqola e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Yadroviy tibbiyot – bu zamonaviy tibbiyotning eng innovatsion va tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri. Yadroviy tibbiyot usullari shifokorlarga kasallik rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida xavfli saraton hujayralarini aniqlashda yordam beradi, bu esa deyarli 100% ishonch bilan davolanish imkoniyatini beradi.

    Yadroviy tibbiyot – radiofarmasotik deb ataladigan radioaktiv izotoplarni o‘z ichiga olgan farmatsevtik preparatlardan foydalangan holda kasalliklarni tashxislash va davolashdir. Radiofarmatsevtik preparatlar turli organlarning saratonini tashxislash va davolash uchun keng qo‘llaniladi.Radiofarmatsevtik preparatlar bilan davolashning afzalliklari orasida uning mahalliy ta’sir etuvchi xususiyati hisoblanib, kimyoviy terapiyadan farqli o‘laroq butun organizmga ta’sir ko‘rsatmaydi, - deb izoh beradi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida faoliyat yurituvchi “Radiopreparat” korxonasi direktori, texnika fanlari nomzodi Ayubxon Abduqayumov.

    Har qanday kasallikning dastlabki bosqichlarida tashxis qo‘yish muhimdir. Saraton kasalliklarida esa bu juda ham muhim rol o‘ynaydi. Yadroviy tibbiyot usullari saratonning dastlabki bosqichlarida tashxis qo‘yish imkonini beradi.

    “Eng so‘nggi jihozlar va yuqori malakali xodimlar bilan birgalikda minimal miqdordagi preparatlardan foydalanish qulay, tezkor va aniq tekshirishni ta’minlaydi. Yadrokimyoviy usullarning noyobligi kasallikning dastlabki bosqichlarida, ya’ni inson kasallik alomatlarini sezmaydigan davrda, organlarning hayotiy funksiyalarining anomaliyalarini aniqlashga imkon beradi. Bu turli kasalliklarni tezda aniqlash va davolash imkonini beradi hamda davolanish uchun sarflanuvchi xarajatlarni ham tejashda qo‘l keladi. Masalan AQSh, Yaponiya, G‘arbiy Yevropa va Avstraliyada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimiga nisbatan solishtirilganda, yadro tibbiyotiga sarflangan 1 AQSh dollari boshqa sog‘liqni saqlash harajatlarini, ya’ni jarrohlik amaliyotlari, shifoxonada davolanish va h.k., 1,5 AQSh dollaridan 2,5 AQSh dollarigacha tejash imkonini beradi”,— deb ta’kidladi, Rossiya Federatsiyasi Tibbiyot va texnika fanlari akademiyasining a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh radiologi Damir Zaredinov.

    Hozirgi kunda O‘zbekistonda yadroviy tibbiyot usullari akademik Ya. Xolmatov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazining Yadro tibbiyoti kafedrasida va akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazining radioizotop tashxis laboratoriyasi bo‘limida qo‘llanilmoqda. Ushbu bo‘limda yod-131 radioizotopini qo‘llash yordamida qalqonsimon bez kasalliklari tashxisi va davolanishi, shuningdek, qalqonsimon bez saratonining ham davolanishi amalga oshiriladi. So‘nngi yillarda 850 dan ortiq bemorlar yod-131 radioterapiyasini o‘tadi. Shuningdek, Endokrinologiya IAI va V. Voxidov nomidagi RIJM samariy-153 oksabifor radiofarmpreparati va texnetsiya generatoridan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi.

    - Atalishi qiyinroq bo‘lgan samariy-153 oksabifor preparati suyak metastazasidagi og‘riqni qoldirish va davolash uchun foydalaniladi. V. Voxidov nomidagi RIJMda texnetsiy-99 (saraton, yurak-qon tomir kasalliklari, bosh miya, buyrak, jigar va boshqa kasalliklar tashxisida qo‘llaniladigan radiofarmpreparat) yordamida yiliga 2000 tagacha tashxis tadqiqotlari va samariy-153 oksabifor dori vositasini qo‘llagan holda 300 tagacha suyak metastazasining radioterapiyasi o‘tkaziladi. Samariy-153 preparati qon tomirlari ichiga yuboriladi, dori suyak to‘qimasida va asosan saraton metaztazalarida to‘planadi. Preparatning bir dozasi 6 oy mobaynida og‘riqsizlantiradi va saraton o‘smalarini remissiyada (saraton rivojlanishini to‘xtadi) ushlab turadi va kunlik qabul qilinadigan kuchli og‘riqni qoldiruvchi dori vositalarini, misol uchun – morfiy, o‘rnini bosadi. Shuningdek, dorilardagi radiatsiya miqdori butun organizmni nurlantirish uchun kam hisoblanadi, ammo ma’lum bir joydagi saraton hujayralarini yo‘q qilish uchun yetarli, deydi Ayubxon Abduqayumov.

    Agar bugungi kunda mamlakatdagi ikkita tibbiyot markazida yadro tibbiyoti usullarini qo‘llagan holda tashxis va terapiya qilish mumkin bo‘lsa, ideal holatda, har bir viloyatning aholisi innovatsion usuldan foydalanish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Bu masala bo‘yicha O‘zbekistonda AESni qurish bo‘yicha qaror qabul qilingandan so‘ng haqiqiy o‘zgarishlarga bo‘lgan qadamlar kuzatilmoqda. Zero, mamlakatda AESni qurish nafaqat yadro texnologiyalarini, jumladan, yadroviy tibbiyot rivojlanishiga ham turtki bo‘ladi.

    “Kelgusida ‘Rosatom’ davlat korporayatsiyasi bilan hamkorlikda Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti negizida ‘Yadroviy tibbiyot markazi’ qo‘shma korxonasini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu markazda nafaqat radiofarmpreparatlari yordamida tashxis qo‘yish va davolash, proton va neytron terapiyasi ham amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Oldimizga qo‘ygan rejalarimiz bisyor va katta investitsiyalarni, shuningdek, malakali kadrlarni tayyorlashni ham talab qiladi. AES uchun bo‘lajak kadrlarni tayyorlash maqsadida hozirgi kunda Moskva muxandislik – fizika instituti (MMFI) filialini ochish uchun tayyorgarliklar amalga oshirilmoqda va bu loyiha amalga oshsa, umid qilamizki mazkur institutdan yadroviy tibbiyot sohasi uchun ham malakali kadrlar yetishib chiqadi”, —deb ta’kidladi Ayubxon Abduqayumov.

    22.03.2019, 11:00   Izoh (0)   29768
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Facebook’dagi uzilishdan so‘ng ikki nafar top-menejer ishdan ketdi

    16.03.2019, 10:50

    Volvo o‘zining birinchi elektromobilini namoyish etdi

    01.03.2019, 10:13

    Janubiy Koreyada robotlar tomonidan quriladigan robotlar muzeyi ochiladi

    23.02.2019, 15:40

    AQSh Huawei texnologiyalaridan foydalanadigan mamlakatlar bilan axborot almashmasligi ma’lum qilindi

    22.02.2019, 21:41

    Norvegiyada uchib yuruvchi shamol generatori orqali ishlaydigan dunyoda birinchi elektrostansiya yaratiladi

    22.02.2019, 14:45

    O‘zbekistonda yosh robototexniklar o‘rtasida RoboCUP televizion musobaqasi o‘tkaziladi

    21.02.2019, 15:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32

    Ukraina armiyasiga 23 ming zirhli transport vositasi kerak — OAV

    Dunyo | 26 iyul, 22:13

    Gaz va elektr tokini behuda sarflaganlar javobgarlikka tortiladi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:07

    Mahkumni ozodlikka chiqarib berish uchun 30 ming dollar talab qilgan advokat qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:02

    Eronda sud binosiga hujum: 9 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 21:34

    Xotirjam hayot sari: Gollivudni tark etgan mashhurlar qayerda yashaydi?

    Kino | 26 iyul, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.