Mashhur “Taxtlar o‘yini” seriali dunyoning ko‘plab mamlakatlarda o‘z muxlislarini topdi, deb yozadi “TravelAsk”.
Sevimli fentezi bilan ajralish qanchalik ayanchli bo‘lmasin, oxir yaqin.
Yakuniy mavsum chiqishiga bir necha kun qoldi va har bir kishi uning yakuni bilan qiziqmoqda. HBO telekanali muxlislarni premyeradan oldin hayratga solishga qaror qildi va ular uchun haqiqiy kvest uyushtirdi.
Dunyoning turli joylarida Vesteros qirollarining mashhur temir taxtining oltita nusxasi o‘rnatildi va barcha xohlovchilarga ularni topish taklif etildi.
Bu raqam tasodifiy tanlanmagan, chunki oxirgi mavsumdagi qismlar ham oltita.
forthethrone.com veb-saytida ishora sifatida 3 o‘lchamli panoramalar o‘rnatildi va foydalanuvchilar taxt qayerda joylashganligini taxmin qilishi kerak bo‘lgan vaqt belgilandi.
Shu zaylda sayohatchilarda haqiqiy temir taxt oldida suratga tushish imkoni paydo bo‘lib, ko‘plab odamlar allaqachon o‘z ijtimoiy tarmoqlarida suratlar bilan bo‘lisha boshladi. Xo‘sh, taxtlar qayerda yashiringanini ko‘rib chiqaylik!
Buyuk Britaniyaning Gloctershir o‘rmoni o‘rtasida.
Shveysariya tog‘-chang‘i kurortida.
Ispaniyada
Braziliya sohillarida
Kanadada
Nyu-Yorkdagi Amerika harbiy bazasining yerto‘lasida
Izoh (0)