Los-Anjeles politsiyasi reper Nipsi Xasslning qotilligida gumon qilingan shaxsni qo‘lga oldi, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
Huquq-tartibot organlari 29 yoshli Erik Xolder hibsga olinganini ma’lum qilgan. 33-yoshli reper Los-Anjelesdagi o‘z kiyim do‘konida otib o‘ldirilgan.
Qotillikning sabablari o‘rganilmoqda. Bu yil Nipsi Xasslning birinchi studiya albomi Gremmi mukofoti uchun nomzod qilib ko‘rsatilgan edi.
Izoh (0)