2-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida dastlabki 3 ta uchrashuv yakunlandi.
Mazkur turni “Atletiko Madrid” hamda “Jirona” klublari qarama-qarshiligi boshlab berdi.
Bellashuvda Diyego Godin (76) va Antuan Grizmannning (90) gollari madridliklarga navbatdagi g‘alabani taqdim etdi (2:0).
Shu kuni musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Ernesto Valverde boshliq “Barselona” klubi “Vilyarreal” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Filippe Koutinyo hisobni ochgan bo‘lsa, 16-daqiqada esa Malkom hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yin davomida mezbon jamoa a’zolari Samuel Chukvueze (23), Karl Toko Ekambi (50), Visente Iborra (62), Karlos Bakka (80) Mark-Andre ter Shtegen darvozasini birin-ketin ishg‘ol qildi (4:2). Zaxiradan maydonga tushgan Lionel Messi uchrashuvning 90-daqiqasida yana jarima zarbasidan gol urib, hisobni qisqartirdi (4:3). Oradan 3 daqiqa o‘tib Luis Suares o‘yindagi so‘nggi golni urib, Kataloniya klubini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (4:4).
30-tur bahslari
2-aprel, seshanba
“Atletiko Madrid”—“Jirona” 2:0
Gollar: 1:0 — 76 Godin, 2:0 — 90 Grizmann“Espanyol”—“Xetafe” 1:1
Gollar: 1:0 — 56 Iglesias, 1:1 — 72 Rodriges“Vilyarreal”—“Barselona” 4:4
Gollar: 0:1 — 12 Koutinyo, 0:2 — 16 Malkom, 1:2 — 23 Chukvueze, 2:2 — 50 Ekambi, 3:2 — 62 Iborra, 4:2 — 80 Bakka, 4:3 — 90 Messi, 4:4 — 90+3 SuaresYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)