Hazil kuni Fransiya politsiyasi giyohvand moddalarini qidirish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish va kelgusida xizmat qilish uchun quyonlar tanlovini e’lon qildi, deb xabar beradi Sputnik.
“Milliy politsiyada itlar xizmat qiladi. Biroq, bugun quyonlarni xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilamiz”, — deyilgan Facebook politsiya akkauntida joylashtirilgan video rolikda.
Politsiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, quyonlarda hid bilish qobiliyati itlarga qaraganda 30 baravar kuchliroq. Marinett laqabli quyon aynan bir jomadonda narkotik moddalar borligini aniqladi.
“Agar quyoningiz kerakli qobiliyatga ega deb hisoblasangiz, uning nomzodini bizga jo‘nating”, — deb qo‘shimcha qildi politsiya zobiti.
Izoh (0)