Toshkent vaqti bilan 31-mart tongida professional boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov (15 ta g‘alaba, 9 ta nokaut) IBF kamariga birinchi raqamli da’vogar qilish uchun yaponiyalik Keita Obaraga (20 ta g‘alaba, 1 ta durang, 3 ta mag‘lubiyat, 18 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Mazkur jang Filadelfiya shahridagi 2300 arenasida bo‘lib o‘tadi. Jang Qudratillo shartnoma imzolagan dunyoning eng mashhur promouterlik kompaniyalaridan biri Top Rank tomonidan tomonidan tashkil qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Abduqahhorov so‘nggi jangida vengriyalik Laslo Tot bilan kuch sinashgandi va ochkolar bo‘yicha g‘olib deb topilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)