Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Farg‘ona vodiysida “Andijon – Savay – Xonobod” temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish va shaharlararo yo‘lovchi poezdlar harakatini tashkil etish” yangi loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AK axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AK matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AK matbuot xizmati

Mazkur bunyodkorlikning bosh loyihasi “Toshtemiryo‘lloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, bu yerda 520 ming kub metr tuproq ishlari bajariladi. Shuningdek, 45 ta sun’iy inshoot (1 ta temir yo‘l ko‘prigi) larni qurish rejalashtirilgan. Mavjud 53,2 kilometr temir yo‘llar ta’mirlanib, 10,2 kilometr masofada yangi po‘lat izlar yotqiziladi. Loyihada, jami 7 ta avtomobil va temir yo‘l kesishmasini bunyod etish ham ko‘zda tutilgan.

Hozirda bu yerda “Maxsus mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l stantsiyasi” ishchi-xodimlari qurilish-montaj ishlarini olib bormoqda. Shu kungacha temiryo‘lchilar 477 ming kub metr tuproq ishlarini amalga oshirishdi. 11 ta sun’iy inshoot qurib bitkazildi. Joriy yil loyiha hayotga tadbiq etilib shaharlararo zamonaviy poezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi