Turkiyaning Osmaniya shahrida kuchli shamol ko‘cha soyabonini va uni tutib qolgan erkakni uchirib ketdi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.

Skrinshot: YouTube

Uch kishi katta quyosh soyabonini ushlab qolishga harakat qilgan, lekin shamol juda kuchli bo‘lgan. Soyabon yerdan yuqoriga ko‘tarila boshlaganida, ulardan biri soyabon ustuniga chiqib olgan va havoga ko‘tarilgan. U yerdan uch-to‘rt metr yuqoriga ko‘tarilganini aytgan.

“Men chindan ham yaxshiman, soyabon uchishda davom etishini tushunib yetganimdan keyin, undan sakradim”, — dedi u yerga tushganidan so‘ng. Soyabon boshqa odamning ustiga tushib, oyog‘i va qovurg‘alarini sindirgan.