29-mart erta tongdan Samarqandda yog‘ayotgan yomg‘ir shahardagi ko‘plab ko‘chalarga toshqinni yuzaga keltirdi. Tinimsiz yomg‘ir natijasida ayrim mahallalardagi aholi yashayotgan uylarda ham bir qator muammolarni keltirib chiqargan.

Foto: “Daryo”

“Daryo” mushtariylaridan biri Samarqand shahridagi “Fidoyilar” mahallasida yomg‘ir natijasida 30 tadan ortiq xonadonni suv bosganini ma’lum qildi. Xabarga video ham ilova qilingan.

Foto: “Daryo”

“Ertalabdan beri mahalla raisi hamma yerga telefon qilib chiqdi. Hech kim ulgurmayapti”, — deb izoh yozib yuborgan “Daryo” o‘quvchisi.

Foto: “Daryo”

Shuningdek, Samarqand shahridagi Maroqand ko‘chasidagi xonadonlardan birining ichigacha suv kirib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahar hokimligi suv toshqini tufayli yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘radi. Ayni vaqtda yomg‘irdan hosil bo‘lgan toshqinlarni bartaraf etish davom etmoqda.