Mediator fuqarolar yoki ishbilarmonlar bilan bo‘ladigan nizolarni sudgacha bo‘lgan jarayonda hal qilishda ko‘maklashadi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan brifingdan keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, “Daryo” muxbiri xabar berdi.
“Hammamizga sir emas, sudlarga bo‘lgan ariza va shikoyatlar kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Sud shikoyatlarni ko‘rish uchun ba’zi hollarda ulgurmay qolmoqda. Bu holatda mediator ikki tomon sudgacha o‘zaro kelishuvga erishishi uchun sharoit yaratib beradi va nizolarni yechishda yordam beradi” — deydi Adliya vazirligi mas’ul xodimi Alisher Ismoilov.
Alisher Ismoilovning qo‘shimcha qilishicha, AQShning Massachusets shtatida nizolarning 87 foizi mediatorlar yordamida hal qilinadi. Sudlar kelib tushgan murojaatlarni avval mediatsiya tartibida ko‘rib chiqishni tavsiya etadi.
Izoh (0)