18-martdan 24-martgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali sotilgan avtomobil raqamlari soni 754 dan 470 taga kamaydi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi deyarli 1,6 milliard so‘mni tashkil qilgan.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 17 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 51 foizi ikkinchi va 32 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent shahri va Toshkent viloyati avto havaskorlari egallagan va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 20 foizga teng. Ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyatining avto havaskorlari 14 foiz ulush bilan joylashgan.
Keyingi o‘rin Qashqadaryo viloyatining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 12 foizni tashkil qilgan. Qolgan hududlarning ulushi 54 foizga teng.
Izoh (0)