Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Prezident tashabbusi bilan respublika bo‘ylab qizg‘in davom etayotgan #bookchellange maktablarga kitob sovg‘a qilish an’anasini ayni paytda Germaniyada xizmat safarida bo‘lganligi sababli onlayn-muloqot orqali davom ettirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Rustam Eshonov

Foto: Rustam Eshonov

Paxtaobod tumanidagi 4-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan muloqotda tumanning 4-, 23- va o‘zi tahsil olgan 31-umumta’lim maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Muloqotda “Davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbusga o‘z vaqtida hissa qo‘shishni istadim va o‘zimning kutubxonamdagi 200 dan ortiq kitobni sizlarga yubordim. O‘ylaymanki, ushbu kitoblarni o‘qib, o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni yanada mustahkamlab, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib xizmat qiladigan shaxslar bo‘lib yetishasiz”, – dedi viloyat rahbari Shuhrat Abdurahmonov.

Yuborilgan kitoblarni viloyat hokimligi kotibiyati mudiri o‘z egalariga topshirdi.

Foto: Rustam Eshonov

Foto: Rustam Eshonov

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev “Rahbarlarning sevimli kitobi” loyihasi doirasida vazirlar, hokimlar va hukumatning boshqa vakillarining eng sevimli kitoblari ro‘yxatini taqdim qilgandi. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning sevib o‘qiydigan kitoblari ro‘yxatiga Li Kuan Yuning “Uchinchi dunyo mamlakatlaridan - birinchiga. Singapur tarixi (1965-2000)”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Amir Temurning “Temur tuzuklari” kiradi. Andijon hokimi, shuningdek, Muhammad Yusuf she’riyatini ham sevib o‘qishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 19-mart kuni o‘tkazilgan yoshlar ma’naviyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini tashkil etishda ko‘mak berish, yoshlar orasida kitob o‘qishni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Har bir rahbar shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib, kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deya ta’kidlagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi