Henley & Partners kompaniyasi o‘z pasport reytingini yangiladi. O‘zbekiston unda 81-o‘rinda. Bu haqda Spot xabar berdi.
Bu reyting turli mamlakat fuqarolarining erkin harakatini belgilaydi.
O‘zbekiston reytingda bir pog‘onaga pastlab, 81-o‘ringa tushgan. Mamlakat fuqarolari 58 mamlakatga vizasiz borishi mumkin.
Yaponiya, Singapur va Janubiy Koreya 1-o‘rinni olgan. Bu mamlakat fuqarolari vizasiz yoki yetib kelganidan keyin viza olish imkoniyati bilan 189 mamlakatga borish imkoniga ega. Germaniya esa O‘zbekistonga vizasiz kirish imkonidan ayrilgani uchun 2-o‘rinni egallagan. Uning fuqarolari 188 davlatga bora oladi. 3-o‘rin birvarakayiga beshta davlatga nasib etgan: Daniya, Finlandiya, Fransiya, Italiya va Shvetsiya.
Buyuk Britaniya va AQSh esa 2015-yilda egallagan 1-o‘rindan ancha uzoqlashib ketgan. Buyuk Britaniya hozirda 5-o‘rinda (185 mamlakatga vizasiz borish huquqi bilan), AQSh esa 6-o‘rinda (184 mamlakatga vizasiz borish huquqi bilan).
Brexit hozircha Britaniyaning indeksdagi o‘rniga tasir ko‘rsatmagan. Reytingdagi pastlash birinchi o‘rinda Osiyo mamlakatlarining natijasi yaxshilangani bilan bog‘liq.
MDH davlatlari o‘rtasida eng yaxshi natijani Ukraina qayd etgan (40-o‘rin, 128 mamlakat). Undan keyin Moldova (45-o‘rin, 121 mamlakat) va Rossiya (47-o‘rin, 118 mamlakat) turibdi. Markaziy Osiyodagi eng yaxshi ko‘rsatkichni Qozog‘iston qayd etgan (65-o‘rin, 76 mamlakat).
Afg‘oniston va Iroq vizasiz 30 davlatga borish imkoni bilan reytingdagi oxirgi o‘rinni egallagan.
Pasport indeksi avval viza cheklovi indeksi deb atalib, 2006-yildan beri Henley & Partners kompaniyasi tomonidan Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA)bilan birgalikda tuziladi.
Izoh (0)