Mang‘istau viloyatidagi “Mang‘istauMunaygaz ” neft koni quduqlaridan birida sodir bo‘lgan ushbu yong‘in balandligi 10 metrni tashkil etgan bo‘lib, 900 kvadrat maydonni qamrab olgan.
Bu hodisa 25-mart kuni soat 04:40 da neft qudug‘i o‘z-o‘zidan yonib ketgan, deb yozadi “Tengrinews”.
Yong‘inni o‘chirishda 14 nafar xodim va sakkizta uskuna va o‘t o‘chirish xizmati harakat qilgan.
Internet tarmog‘ida ushbu yong‘in aks etgan videolar paydo bo‘lgan.