Krasnoyarsk yaqinidagi turar joy binosida yuz bergan yong‘in oqibatida ikki nafar fuqaro va ikki nafar bola nobud bo‘lgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ma’lum bo‘lishicha, bir nafar bola tirik qolgan.
“... uch farzandli oila yashagan uyda o‘n yashar bola pechni benzin bilan yoqqani oqibatida yong‘in yuz bergan. Ota-ona o‘sha paytda uxlab yotgan, ular bilan birgan bo‘lgan bir va to‘qqiz yoshli ikki nafar bola yong‘inda halok bo‘lgan”, — deyiladi hisobotda.
Tergovchilar tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 3-qismida (beparvolik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish) ko‘zda tutilgan jinoyat ishi ochilgan.
Favqulodda vaziyatlar xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, oila yaqinda Taskinoga ko‘chib o‘tgan va nomaqbul sanalgan.
Izoh (0)