Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreyaning tashviqotchi OAVlari Seulning harbiy mashqlar o‘tkazish niyatini qoraladi va o‘z rejalarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Shimoliy Koreya OAVlarining yozishicha, joriy yilda Janubiy Koreyaning harbiy provokatsiyasi keskinlashgan bo‘lib, Pxanmunjon va Pxenyanda qabul qilingan deklaratsiyaga xiyonat hisoblanadi.

Ularning aytishicha, ikki Koreya davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning buzilmasligi uchun Seul o‘zining barcha harbiy mashqlarini to‘xtatishi lozim.

Janubiy Koreya may oyining oxirlarida amerikalik askarlar ishtirokisiz Ulchi Taegeuk harbiy mashqlarini o‘tkazishni rejalashtirgan.

AQSh ham keyingi oyda har yili hamkorlikda bo‘lib o‘tadigan harbiy mashqlarga hech qanday qo‘shin yoki texnikalar yubormaslikka qaror qilgan.

Bu Shimoliy Koreya bilan davom etayotgan muzokaralarni yengillashtirish maqsadida o‘tkazayotgani taxmin qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?