17-mart kuni ertalab Ufa shahrida ikki kishi Bakalinskaya ko‘chasidagi o‘n qavatli ikkita bino tomiga bog‘langan arqon orqali yurib o‘tdi. Hodisa mahalliy aholi tomonidan tasvirga olingan. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Ekstremallardan birining aytishicha, uylar orasidagi masofa 56 metrni tashkil qilgan. Yoshlar bu rejani amalga oshirish uchun ikki hafta tayyorlangan.

Politsiya xodimlari tomonidan hibsga olingan yoshlardan birining so‘zlariga ko‘ra, ular “odatdagidek” tushuntirish xati yozgan, keyin ozodlikka chiqarilgan.